Issiqlik tarmog‘ining zulfinlaridagi avariyaviy ta’mirlash ishlari tufayli 17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Issiq suv yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan manzillar:
- S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari;
- Niyozbek yo‘li, Osiyo, Arifov, Amir Temur ko‘chalari (qisman).
Qayd etilishicha, issiq suv ta’minotini qayta tiklash, ta’mirlash ishlari tugallanishi bilanoq amalga oshiriladi (taxminan soat 23:00 gacha).
“Veolia Energy Tashkent vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va o‘z tomonida issiq suv ta’minotini tezroq qayta tiklash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.