Adliya maslahatchisi Muzaffar Abrorovich Rashidov Qibray tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Rashidov 1987-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tumanga 2018-yildan beri rahbarlik qilib kelgan Mirag‘zam Mirqosimov 2-avgust kuni prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.
Rashidovning tayinlovi bilan bir kunda Yangiyo‘l tumaniga ham hokim tayinlandi. Bu hududni endilikda Odiljon Ataullayev boshqaradi.