“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda o‘zbek oshxonasiga hali to‘liq kirib bormagan avokado mevasi solib tayyorlangan salat va boshqa yeguliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi. Meva etida ko‘plab vitamin va minerallar mavjudligi uchun ham qadrlanadi.
Avokadoli “Yashil ma’buda” salati
Mazali va yengil “Yashil ma’buda” salati, ayniqsa, qomati haqida qayg‘uradiganlarga juda yoqadi.
Avokado va tuxumli tost
Foydali va to‘yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov bo‘lib, sizga butun kunga yetarli energiya beradi.
Krevetkali salat
Tayyorlash usuli tez va oson, sabzavotlar va krevetkadan oson tayyorlanadigan yaxna salat.
Guakamole
Guakamole — avokado va limonning mayin ta’mi va biroz achchiq mazasi uyg‘unligi mahsuli.
Avokado va no‘xatli vegan sendvichlari
Ikki non bo‘lagi o‘rtasida — mayin avokado, ko‘kat va xushbo‘y limonli to‘yimli nachinka.
Sushi tort
Agar roll o‘ragani vaqtingiz bo‘lmasa yoki erinsangiz, biz tez “Filadelfiya” rollari tayyorlash usulini taqdim etamiz.
Qizil baliqli boul
Guruch, baliq va sabzavotli boul — qiziqarli ta’mlarni sevuvchilar uchun ajoyib tanlov.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.