11-sentabr-13-oktabr oralig‘ida Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi va vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot xizmati.
Bu vaqtda kompaniya tomonidan 2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Manzillarni tumanlar kesimidagi havola orqali o‘tib, bilib olish mumkin:
Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentdagi issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ayrim tumanlarda iyul-avgust oylarida 5−6 kunlab issiq suv bo‘lmagandi.