Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
U final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Bundan oldingi bahsda sportchi gabonlik Amar Mussa ustidan zafar quchgandi.
Rashitov finaldagi g‘alabasi bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi. 2023-yilning iyun oyida Rimda musobaqada ham Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Parijdagi musobaqa bugun, 3-sentabr kuni nihoyasiga yetadi. Unda o‘zbekistonlik 2 sportchi dayanga chiqadi:
- +67 kg: Svetlana Osipova — Yelizaveta Stepanova (xalqaro neytral sportchi);
- +80 kg: Nikita Rafalovich — Omar Al Yazidi (Fransiya).