7-sentabrdan Uzbekistan Airways Toshkent shahridan Jizzax viloyatining Zomin tumaniga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
HY1003/1004 qatnovlari har kuni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- Toshkent−Zomin−Samarqand;
- Samarqand−Zomin−Toshkent.
Bir tomonlama aviachipta narxi 105 000 so‘mdan boshlanadi. Aviachiptalarni uzairways.com rasmiy sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zomin tumanidagi aeroport 1-sentabr kuni foydalanishga topshirilgan. Aeroportning yo‘lovchi terminali 30 kishiga mo‘ljallangan. Uning hududi 60 gektarni tashkil etadi. Ilgari LET L-410 Zominga tuproqli yo‘l orqali parvozni amalga oshirgan. So‘ngra asfaltdan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgan.