Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan 3:3 hisobida durrang o‘ynadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 13-sentabr kuni Atlanta shahridagi Mercedes-Benz stadionida bo‘lib o‘tdi.
Dastlab hisobni 18-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Bobur Abduholiqov ochdi. 21-daqiqalarda Raul Himenes hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, tanaffusga chiqish oldidan (45`) Azizbek Turg‘unboyev O‘zbekistonni yana oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida Raul Himenes dubl qayd etib yana hisobni tenglashtirdi. Antuna esa 88-daqiqada Meksikani oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishiga oz vaqt qolganda (90+2`) Otabek Shukurov jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvida AQShga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.