Toshkent shahridagi Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.
Qayd etilishicha, gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib boriladi.
Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:
Yashnobod tumanida 18-sentabr soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Quruvchilar” mahallasida;
- “Inoqobod”mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida
- “Chinor” mahallasida;
- 15 ta ulgurji iste’molchilarda.
Uchtepa tumanida 18-sentabr soat 11:00 dan 16:00 gacha:
- “Foziltepa” mahallasida;
- 8 ta ulgurji iste’molchilarda.
Bektemir tumanida 19-sentabr kuni 9:00 dan 19:00:
- “Iyk ota” mahallasida;
- 62 ta ulgurji iste’molchilarda.