Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, 22-sentabr kuni ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.
Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
- “Baynalminal” mahallasi 7-berk Mironshox, Berk-Oqyo‘l ko‘chalari.
- Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.
Chilonzor tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Lutfiy” mahallasi;
- “1- Qatortol” mahallasi;
- “Nafosat” mahallasi;
- “Diyor” mahallasi;
- “Qatortol” mahallasi;
- Cho‘pon ota mahallasi;
- “Bog‘zor” mahallasi;
- “Oqtepa” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 34 ta.
Uchtepa tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Guzar” mahallasi;
- “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasi;
- “Bog‘iston” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 23 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.