So‘nggi kunlarda internetda bolalarning Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgani haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Tez yordam mashinalari kasalxonaga to‘xtovsiz yetib kelyapti” degan audio va videoxabarlar tarqalmoqda. “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipov 24-sentabr kuni RSHTYOIMda bo‘lib, bemorlarning ota-onalari va bo‘lim shifokorlari bilan suhbatlashdi.

Ota-onalar

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 46-maktabning 9 yoshli o‘quvchisining onasi o‘g‘lida “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qabul qilganidan keyin toshma paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

“Maktabda tabletka berishdi. Ertasi kuni isitmasi ko‘tarildi va uni uyga yuborishdi. Sinfida yana 5−6 nafar bolaning ko‘ngli aynib, qorni og‘rigan. Uning ko‘ngli aynigani yo‘q, faqat isitmasi chiqib, toshma toshdi. Shifokorlarning aytishicha, bu dori tufayli emas. Hozir qon topshirdik va tahlil natijasini kutyapmiz”, — deydi ayol.

антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, доктор исчанов, yod ishи, kaliy yodid

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar shamollashni ehtimoliy sabab deb ko‘rsatmoqda. “Lekin men o‘g‘limni teri-tanosil kasalliklari dispanseriga olib bordim, o‘zim o‘sha yerda ishlayman. U yerdagi shifokorlar dori sabab bo‘lganini aytib, bu yerga yuborishdi. Bu yerdagilar (RSHTYOIM toksikologiya bo‘limi — tahr.) esa teri-tanosil dispanseriga borishimizni aytishyapti”, — dedi u.

Onaning aytishicha, maktabdagilar o‘tgan hafta boshlangan umummilliy dastur doirasida bolalarni yodlash rejalashtirilgani haqida ogohlantirmagan.

“O‘tgan yili ham berishgan, lekin bunday bo‘lmagandi. O‘shanda boshqa dori berishgan, shekilli”, — dedi ayol va o‘zi bolaga yod bermasligini ta’kidladi.

Boshqa bir ayol Toshkentdagi 49-maktabda tahsil olayotgan 10 yoshli o‘g‘li ham “Antistrumin” ichgani, shundan keyin kasal bo‘lib qolganini ma’lum qildi.

Keksa Ibodulla Nodirovning aytishicha, Sergeli tumanidagi maktablardan birida 4−5-sinflarda o‘qiydigan ikki nabirasi ham “Antistrumin” ichgan, shundan so‘ng ularda allergik reaksiya paydo bo‘lib, toshma toshgan, biroq ular tibbiyot muassasaga bormagan va uyda davolangan.

“Hozir to‘palon bo‘ldi. Bu yer toksikologiya markazi, lekin bu preparatni qabul qilgan bolalarning ma’lumotnomalariga O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) tashxisini yozishyapti. Ota-onalar: „Agar bu O‘RVI bo‘lsa, nega bizni toksikologiyaga olib kelishyapti? Osma ukol qildingiz, oshqozoningizni yuvdingiz va O‘RVI deb yozyapsiz“. Shifokorlar bolaning tomog‘ida qizarish, shamollash borligini aytishmoqda”, — dedi u.

Ibodulla Nodirov ham nima uchun maktabda bolalarga dori ota-onalarini ogohlantirmasdan berilganidan norozi.

“Shifokorlar, bu O‘zbekistondagi kompaniya (Samo — tahr.)tomonidan ishlab chiqarilgan mahalliy preparat, bu bepul deb aytishyapti. Lekin bu kompaniya dori-darmonni tekinga ishlab chiqarmaydi-ku, pul davlat budjetidan ajratiladi, ya’ni bu xalqning puli”, — dedi u.

Otaxonning hisob-kitoblariga ko‘ra, 24-sentabr kuni (soat 16:30 holatiga ko‘ra) toksikologiya bo‘limiga 50−60 nafarga yaqin bola kelgan.

Bolani RSHTYOIMga olib kelgan tez yordam xizmati xodimining aytishicha, bolalar toksikologiya bo‘limiga bemorlar ko‘ngil aynishi va dori ichishdan kelib chiqqan boshqa kasalliklar sababli olib kelinmoqda.

антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, доктор исчанов, yod ishи, kaliy yodid

“Ko‘ngil aynishi O‘RVI tufayli ham bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, infeksiya bakterial shaklda kechsa. Hatto bola shamollab, keyin dori ichgan bo‘lsa ham, ota-onasi dori tufayli kasal bo‘lib qoldi, deydi… Bemorim ham shu dorini ichgan, lekin xarakterli yo‘tal tufayli ko‘kyo‘tal bo‘lgan degan gumondaman. Ota-onasidan bolaning ko‘kyo‘talga qarshi emlanganini so‘radim. Ammo uning harorati 40 darajaga ko‘tarilgan, ota-onasi dori haqida gapirishdi va uni toksikologiya bo‘limiga olib borishga qaror qilingan”, — dedi u.

Tibbiyot xodimining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik kaliy yodidni profilaktika maqsadida qabul qiladi va hozir kuzatilayotgan holat avval bo‘lmagan.

Baxtiyor Jumayevning aytishicha, qizi 21-sentabr kuni “Antistrumin” qabul qilgan, birinchi kuni qorin og‘rig‘i shikoyatlari bo‘lgan, shundan so‘ng ikki kun davomida o‘zini yaxshi his qilgan. Biroq 24-sentabr kuni “ensasidagi og‘riq tufayli boshini ko‘tara olmay qolgan”, shuningdek, yana qorin og‘rig‘idan shikoyat qila boshlagan.

“Maktabdan bizni dori berishayotgani haqida ogohlantirishmagan edi… Shifokorlar hozircha sabablar haqida gapirishmayapti, tashxis esa noma’lum. Lekin oshqozonini yuvishyapti”, — dedi u.

Ota shifokor Nodirbek Ischanovning preparatni qo‘llashda dozasi hisobga olinmagan bo‘lishi mumkinligini aytgan videosini eslab o‘tdi.

Bir kun avval Qalampir.uz nashri ota-onalarga tayanib, Toshkentda 150 dan ortiq bolada nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 23-sentabr kuni bolalarni olib kelayotgan tez yordam mashinalari oqimi ancha ko‘p bo‘lgani, natijada shifokorlar bolalarga qarashga urlugham ulgurmaganini yozdi nashr.

“Ikkita o‘g‘lim 599- bog‘chaga boradi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan berilgan dorini ichirishgan. Dori oqibatida farzandimizning biri og‘ir ahvolga tushib qolib, 16- shahar shifoxonasiga olib keldik”, — dedi erkak nashrga.

Ota-onalardan birining aytishicha, bog‘chaga boradigan qizida 21-sentabr kuni isitmasi ko‘tarilgan, qorin og‘rig‘i, qusish va oshqozoni buzilishi kuzatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv natijalaridan birida bolaning ahvoli yaxshi ekani, boshqa ma’lumotnomada esa “dorining nojo‘ya ta’siri” borligi ko‘rsatilgan.

Manba: Qalampir.uzManba: Qalampir.uz

Uning ta’kidlashicha, farzandi 31 haftada tug‘ilgan, shuning uchun nevrolog tavsiyasiga ko‘ra, emlashlar kechroq muddatga qoldirilgan. Biroq bolalar bog‘chasi uni qiziga dori berishayotgani haqida ogohlantirmagan, shu boisdan isitmasi nima uchun ko‘tarilganini tushunolmagan va internetda bu haqdagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng ehtimoliy sababini bilib olgan.

Boshqa bir ayolning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar zaharlanish oziq-ovqat tufayli bo‘lishi mumkinligini aytishgan, vaholanki, uning ta’kidlashicha, bolalar maktabdan qaytganidan keyin dori ichganidan so‘ng qorni og‘riyotgani uchun ovqat yeyishdan bosh tortishgan.

Boshqa bir kishining aytishicha, uning farzandi o‘qiydigan 232-maktabda “Antistrumin” ichgan 100 dan ortiq bolalarda o‘zini yomon his qilish holatlari aniqlangan.

Ota-onalar, shuningdek, bolalariga preparat berilishi haqida ogohlantirilmaganliklarini aytishdi.

Yodlash dasturi

O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi qarori (PQ-4887) bilan:

  • 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
  • 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan;
  • homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
  • 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanishi belgilangan.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 1-iyuldagi buyrug‘i bilan homilador va emizikli onalarni, shuningdek, bolalarni yod preparatlari bilan bepul ta’minlash uchun respublika budjetidan 6,7 mlrd so‘m, 2023-yilda 15,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Ota-onalar 2022-yil va 2023-yil aprelida ham yod qo‘shimchalari berilganini ma’lum qilishdi. 20-sentabrdan barcha maktab va bog‘chalarda yangi yod bilan ta’minlash dasturi yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda yod yetishmasligi darajasi yuqori bo‘lgani sababli chorshanba kunlari bolalarni uning tanqisligidan himoya qilish maqsadida profilaktik dozada yod berish tarqatilmoqda. Homilador va emizikli ayollarga esa oilaviy shifokorlar tomonidan yod preparatlari beriladi.

Murojaatlar sabablari

антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, доктор исчанов, yod ishи, kaliy yodid

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokori Orif Inamov “Gazeta.uz”ga toksikologiya bo‘limida “vaziyat normal va nazorat ostida”ligini aytdi.

“Ushbu doridan intoksikatsiya bo‘lmaydi. Kaliy yodid xuddi shakar singari metabolizmimizda, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. [Agar dozasi yuqori bo‘lsa], u siydik bilan chiqarib yuboriladi. Toksikologiya bo‘limimizda ich ketishi va isitma bilan og‘rigan 26 nafar bola bor edi, hozirda 18 nafari qoldi. Preparat 6,5 mln bolaga berilgan, hozirda 0,01 foizi murojaat qilmoqda”, — dedi u.

Shifokor bolalar uchun dozasi taxminan 100 mkg bo‘lishi kerakligini ta’kidladi (preparat qadog‘ida 1000 mkg yozilgan). “Hatto dozasi yuqori bo‘lgan taqdirda ham, toksik ta’sir ko‘rsatmaydi. Vitaminlar, BADlar (biologik faol qo‘shimchalar) kabi. Ortiqchalari siydik bilan chiqadi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarga asosan O‘RVI tashxisi qo‘yilgan. U oshqozonni yuvish sababini tushuntirmadi yoki qon tahlillari natijalarini oshkor qilmadi.

“[Internetdagi dori haqidagi xabarlar tufayli] shov-shuv bo‘ldi. Agar bunday bo‘lmaganida, hech kim yengil bezovtalik bilan kasalxonaga bormasdi. Barcha bemorlar uylariga jo‘natilgan, og‘ir kasallar umuman yo‘q, jabrlanganlar ham yo‘q”, — deya ta’kidladi shifokor.

Markazning toksikologiya bo‘limi mudiri Ne’mat Eshboyev Qalampir.uz saytiga bergan intervyusida shifoxonaga murojaatlar ko‘payganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi kuniyoq 50−60 nafar bola kelgan, qariyb 90 foizi ambulator yordam olgan, “kasalxonaga yotqizishga hech qanday hojat yo‘q”.

“Qolganlari ko‘rsatmalar bilan uylariga jo‘natildi. Ular har xil dorilardan zaharlanish shubhasi bilan olib kelinyapti, lekin tekshirishlar davomida shuni kuzatyapmizki, ko‘pchilik bolalarda o‘tkir respirator virusli infeksiya yoki o‘tkir ichak infeksiyasi aniqlanyapti. Tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, bemorlarda asosan ovqatdan zaharlanish yoki kamqonlik yoki immunitet yetishmovchiligi holatlarida ich ketish yoki virusli infeksiya tarqalishini dori bilan bog‘lab yoki dori ichgandan keyin mana shu narsalar boshlangan degan shubha bilan olib kelinyapti”, — dedi u.

Eshboyev 90−95 foiz bolalarda kaliy yodid bilan zaharlanish tasdiqlanmaganini, ammo yakuniy xulosani respublika ishchi komissiyasi berishi kerakligini aytadi.

Mutaxassis Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaatlar keskin ko‘payishini avvallari o‘tkir respirator virusli infeksiya yoki ichak infeksiyalari bilan kasallangan bemorlar turli shifoxonalarga murojaat qilgani, biroq internetda “Antistrumin” haqidagi xabarlar tufayli ular toksikologiya bo‘limiga yuborila boshlagani bilan izohladi.

Boshqa faraz — dozani oshirib yuborish

Yodning kunlik dozasi. JSST, Yodning kunlik dozasi. JSST,

Shifokor Nodirbek Ischanov o‘zining YouTube-kanalida (3,68 mln obunachisi bor) mahalliy ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasining bitta “Antistrumin” tabletkasida 0,001 gramm yoki 1000 mikrogramm kaliy yodid borligi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan kunlik me’yordan (O‘zbekiston yod bilan ta’minlash dasturining “Yorqin millat” saytida ham keltirilgan) 10 barobar ko‘p ekanini ma’lum qildi. Qayd etish joizki, Ukraina ishlab chiqaruvchisi (Darnitsa) preparati shunday me’yorlar ko‘rsatilgan.

Videodan skrinshot.Videodan skrinshot.

Uning fikricha, Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xatida noto‘g‘ri doza belgilangan:

  • 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — bir yil davomida haftasiga ½ tabletka;
  • 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — bir yil davomida haftasiga 1 tabletka;
  • homilador ayollar uchun — homiladorlik paytida haftasiga ikki marta ½ tabletka.

Uning fikricha, kuniga 500/1000 mikrogramm bolalar uchun “udarniy” doza hisoblanadi. U preparatni tarqatishdan oldin bolalarning sog‘lig‘ini tekshirish va qarshi ko‘rsatmalar mavjudligini aniqlash kerakligini ta’kidladi.

Ishchanov dozani oshirib yuborish natijasida qusish, ich ketishi, holsizlik, isitma va boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi (ularning ba’zilari preparat uchun qo‘llanmasida ko‘rsatilgan).

Bundan tashqari, qo‘llanmada preparat kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar tomonidan iste’mol qilish kerakligi, shuningdek, homiladorlik va emizikli davrda ushbu doza mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

Namangan viloyatida kamida 71 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani (jami 450 nafar bola haqida xabar berilgan) ma’lum bo‘lgach, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 22-sentabrdan “Antistrumin” №100 tabletkalaridan foydalanishga cheklov joriy qilgan edi. Andijon viloyati hokimligi “Antistrumin” preparatini qabul qilgan 12 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi.

Biroq ko‘p o‘tmay Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova “oziq-ovqat yoki dori-darmondan zaharlanish gumonlari hali tasdiqlanmaganini” aytdi. U bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limlariga ham o‘nlab bolalar zaharlanish belgilari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizilgan. Ota-onalar farzandlari yod iste’mol qilganidan keyin kasal bo‘lib qolishganini aytishdi. Shifokorlar esa preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Yuzlab bolalar kasalxonaga yotqizilgani holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi.