“Bizni dori haqida ogohlantirishmadi” — Toshkentda kaliy yodid ichganidan so‘ng xastalangan bolalarning ota-onalari

Toshkentda o‘nlab bolalar RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga zaharlanish alomatlari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizildi. Ota-onalar ular yod ichganidan so‘ng xastalanganini ma’lum qilmoqda. Shifokorlar esa holatning preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

Jurnalistlardan yuzlab bolalarning kasalxonaga yotqizilishi masalasini “kovlamaslik” so‘raldi

Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.

SSV Prezident administratsiyasi intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi

O‘zbekiston SSV Prezident administratsiyasi vazirga “Antistrumin” qabul qilgan bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani bilan bog‘liq vaziyat haqida intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi. Bu haqda avvalroq jurnalistlarga o‘zini vazir yordamchisi deb atagan shaxs aytgan edi.

Kompromatuzb ishi: Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga qamaldi

Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqador jurnalistlar — Human.uz direktori Xurshid Daliyev va “O‘zbekneftgaz” sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bandlik vazirligining sobiq matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevaga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Mudofaa vaziri Toshkentda AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

BYD Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Xitoyning BYD kompaniyasi Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uning quvvatini 300 ming donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.

FAO O‘zbekistonga chigirtkaga qarshi kurashishni yaxshilash uchun avtomobillar topshirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun O‘zbekistonga Toyota Hilux avtomobillarini topshirdi.

“Biz kimga va qayerga investitsiya kiritishni buyuradigan darajada boy emasmiz” — O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari

Geosiyosiy vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo hamkorligida faqat bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi — bu ishonchli emas, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston savdo sheriklari va investitsiyalarini, jumladan, “iqtisodning nozik tarmoqlarida” diversifikatsiya qilishga intiladi.

Madaniy meros obyekti bor hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi mumkin

Moddiy madaniy meros obyekti joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etish fuqarolarga BHMning 25 baravarigacha (hozirda 8,25 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sergelida ikki yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.

“O‘zbekenergota'mir” General Electric bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi

“O‘zbekenergota'mir” AJ AQShning General Electric Global Parts and Products GmbH korporatsiyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida O‘zbekistondagi elektrostansiyalarning energobloklari modernizatsiya qilinadi va yangi ehtiyot qismlari yetkazib beriladi.

Farg‘onada 83 dona kamyob toshbaqani chegaradan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onada “Qizil kitob"ga kiritilgan 83 dona toshbaqani chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Ulardan 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlangan. Jonzotlar sud qarori chiqquniga qadar hayvonot bog‘iga topshirildi.

“O‘zbekkonsert” aktrisa Nilufar Hamidovani uzun kesmali ko‘ylagi uchun ogohlantirdi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidovani uzun kesmali libosda sahnaga chiqqani litsenziya talablarini buzish deb baholangani uchun ogohlantirdi. Tashkilot aktrisaning fotosuratlarida oyoq va ko‘ylakning tepa qismini xiralashtirdi.

Toshkentda ilk “garmoshka"li elektrobus qatnay boshlaydi

Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat"ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani otib qo‘ydi

Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.