Xitoyning Guangjou shahrida 2023-yilgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 29-sentabr holatiga ko‘ra, unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 32 ta medal jamg‘arib, 6 o‘rinda bormoqda.
Juma kungi bahslarda Osiyo o‘yinlari tarixida ilk marta o‘zbekistonlik qilichboz qizlar oltin medalga ega chiqdi.
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar terma jamoasi final jangida yaponiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Ular terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.
Bungacha oltin medal olganlar:
- Diyora Keldiyorova — (57 kg) dzyudo
- Anna Prakaten — akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturi
- Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti — akademik eshkak eshish
- Murodjon Yo‘ldoshev — (-73 kg) dzyudo
- Muzaffarbek To‘raboyev — (-100 kg) dzyudo
- Ulug‘bek Rashitov — (-68 kg) taekvondo
Kumush medal egalari:
- Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova juftligi — akademik eshkak eshish
- Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi — akademik eshkak eshish
- Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev juftligi — akademik eshkak eshish
- Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev M4x dasturida — akademik eshkak eshish
- Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi — 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy dastur
- Davlat Bobonov — (-90 kg) dzyudo (U qirg‘izistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi)
- Feruza Sodiqova — (-67 kg) taekvondo
- Dzyudochilar — aralash jamoaviy dastur
- Umida Omonova — shaxmat
- Nodirbek Abdusattorov — shaxmat
Bronza medal sohiblari:
- Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyev juftligi — akademik eshkak eshish
- Halima Qurbonova — dzyudo
- Dilnaz Murzatayeva — Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik qilichboz
- Madinabonu Mannopova — (-49 kg) taekvondo
- Darya Latisheva — ushu
- Javohir Sindorov — shaxmat
- Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov, Ozoda Sobirjonova, Svetlana Osipova — Taekvondo VT bo‘yicha aralash jamoa
- Gulnoza Matniyazova — (-70 kg) dzyudo
- Charos Qayumova — (-53 kg) taekvondo
- Irisxon Qurbonboyeva — (-78 kg) dzyudo
- Alisher Yusupov — dzyudo
- Zaynab Dayibekova — qilichbozlik
- Vladimir Svechnikov — 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish
- Svetlana Osipova — (67 kg) taekvondo
- Humoyun Sultonov — tennis.