“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tez va oson tayyorlanadigan turli xil mazali taom va shirinliklarning retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi. Bu yeguliklarni tayyorlash qiyinchilik tug‘dirmagani uchun ham ularni “dangasa” taomlar deyish mumkin.
“Juda dangasa” karamli do‘lmalar (golubsi)
Bu karam, qiyma va pomidordan iborat taomni tayyorlash usuli. Uni vaqtingiz ziq bo‘lganda, mazali tushlik uchun a’lo tanlov sifatida olishingiz mumkin.
Pishloq va ko‘katli dangasa pirojkalar
Ushbu pirojkalar xamirturushsiz va juda yumshoq, xushbo‘y, mazali va, eng muhimi, zararli emas.
Tovuqli dangasa xonim
Bunday xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, tugilish usuli siz uchun noodatiy bo‘lishi aniq.
Dangasa chuchvaralar
“Dangasa” chuchvaralar oddiy chuchvaralardan qolishmaydi, e’tiborlisi, bu oddiysidan ikki baravar tez tayyor bo‘ladi.
Dangasa somsa
Qatlamali xamirdan tayyorlangan go‘shtli somsa — juda mazali bo‘lib pishadi.
“Dangasa” do‘lmalar
Bunday usulda pishirilgan taomning qanchalik mazali ekaniga balki sizni ishontirish qiyindir, ammo bir marotaba tayyorlab ko‘rish kifoya.
“Dangasa” tovuq oyoqchalari
Bu taomni bekorga “dangasa” deb atamashmaydi, chunki uni tayyorlash uchun kerakli masalliqlarni pishiriq idishiga solish kifoya.
Dangasa “Napoleon”
Bu dangasa tort nafaqat mayin, balki qarsillab chiqishini istasangiz — xamirturushsiz qatlamali xamirni tanlang.
“Dangasa” medovik
Ushbu asalli tortni tayyorlash oson, shuning uchun uni dangasa deb atashadi. Ushbu tortning afzalligi uning tez tayyorlanishidadir.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.