1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxi oshadi, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarga kompleks yordam ko‘rsatiladi, qamoqdan chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya ajratiladi, eksklyuziv huquqqa ega subyektlarning reyestri shakllantiriladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi

Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonda 20-oktabrdan poyezd chipta narxlari oshiriladi

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tariladi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100 foizga oshiriladi.

2−10 yoshli bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o‘tkaziladi

oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. SES o‘tgan yillardagi tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatgani, gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamayganini aytmoqda.

Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Elektr energiyasiga yangi tariflar joriy etilishi ortidan “elektr zapravkalar”da narxlar ko‘tarildi

O‘zbekistonda elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektr energiyasiga yangi tariflar joriy qilinganidan keyin narxlar ko‘tarildi yoki oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, TokBor kompaniyasi narxlarni bir kVt/soat uchun 700 so‘mga oshirdi.

“Mobil qullik” bekor qilinishi oktabr oxirida AKT haftaligida e’lon qilinadi — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati oktabr oxirida bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 haftaligida “mobil qullik”ka barham berilishini e’lon qiladi va raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish tartibini namoyish etadi, deya xabar qildi vazirlik “Gazeta.uz”ga.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini hukumatga kiritdi. Xususan, xorijdan kelayotganlar uchun IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” elektr energiyasini yetkazib berish va tranzit qilishga javobgar bo‘ladi.

O‘zbekistonga 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlar noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.

Har yili aholi zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Qolaversa, bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Turistlarga esa qo‘llanmalar tarqatiladi.

Buxoroda 1500 bosh noyob tuvaloq qushi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 bosh yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.

“Gerofarm”: Zuma Pharma bilan O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik iyul oyida to‘xtatilgan

Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi va mahalliy Zuma Pharma korxonasi insulin preparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Gerofarm”ning qayd etishicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalar saqlanib turibdi.

O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya berish yana boshlandi

O‘zbekistonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyalari berish yana boshlandi.

AQSh elchixonasi Green Card ishtirokchilariga 10 ta maslahat berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.