Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Otaxonovich Jabborov og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

To‘lqin Jabborov 1950-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996−2004-yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ish yuritgan. 2000−2005-yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

U rahbarlik qilgan yillarda viloyatning qishloq xo‘jaligi, qurilish, agrar kabi sohalar rivojiga hissa qo‘shgan.

“Ajoyib inson, fidoyi rahbar To‘lqin Otaxonovich Jabborovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi”, — deyiladi xabarda.