Toshkent shahrining Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deya xabar qildi “Hududgaz Poytaxt”.
Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan yuqorida qayd etilgan tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 6-oktabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Bektemir tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
- “Iyk Ota” mahallasi;
- “Gulbog‘” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 36 ta.
Yunusobod tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
- “Posira” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 1 ta.
Sergeli tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:
- “Farog‘atli” mahallasi;
- “Xonobodtepa” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 5 ta.
Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
- Qushbegi mavzesidagi 11 ta ko‘p qavatli uylar;
- Boshliq ko‘chasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 11 ta.