Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasi Osiyo o‘yinlari bronza medali uchun kechgan bahsda Gonkong ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 7-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobida yakunlangandi.
Birinchi bo‘lim oxirida 43-daqiqada hujumchi Alisher Odilov atrofini to‘rt raqib o‘rab turganiga qaramasdan, jarima maydonchasi chizig‘idan aniq zarba berdi, darvozabon esa hech narsa qila olmadi.
Uchrashuvning 49-daqiqasida hujumchi Husain Norchayev tomonidan yakunlagan muvaffaqiyatli qarshi hujumdan so‘ng hisob ikkitaga yetdi. 10 daqiqadan so‘ng u burchakdan oshirib berilgan to‘p darvozaga yo‘llab, dubl qayd etdi.
75-daqiqada himoyachi Alibek Davronov jarima zarbasidan oshirib berilgan to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi.
Shu tariqa O‘zbekiston 1994-yildan beri ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili terma jamoa oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Avvalroq O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda Xitoyga 7:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu o‘zbekistonlik futbolchi ayollarning Osiyo o‘yinlaridagi ilk ishtirokidir.