So‘nggi 25 yil ichida Antarktidagi shelfShelf muzliklarining hajmi 40 foizdan ziyodroqqa qisqargan. Ularning qariyb yarmida “tiklanish alomatlari yo‘q”, deb yozmoqda The Guardian. O‘z tadqiqotlari natijalarini Scientific Advances jurnalida e’lon qilgan Lids universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1997-yildan 2021-yilgacha Antarktida g‘arbida 67 trln tonna, sharqda esa 59 trln tonna muz erigan. Bu 7,5 trln tonna muzning aniq yo‘qolishiga olib kelgan.

Shelf muzliklarining erishi natijasida dengizga ko‘proq toza suv tushadi, bu esa Janubiy okean oqimlarini buzishi mumkin, deydi olimlar. Koinotdan olingan 100 mingdan ortiq tasvirlar tahlil uchun o‘rganildi.

“Shelf muzliklarining yemirilishi bo‘yicha noaniq manzarasi mavjud bo‘lib, bu Antarktida atrofidagi okean harorati va okean oqimlari bilan bog‘liq. Qit’aning g‘arbiy yarmiga iliq suv ko‘proq ta’sir qilmoqda va natijada shelf muzligi pastdan tezroq erimoqda, ayni paytda sharqiy Antraktidaning katta qismi bugungi kunda yaqin iliq suvdan sohildagi sovuq suv bo‘lagi orqali himoyalangan”, — deydi tadqiqotchilar rahbari Benjamin Devidson.

Olimlarning fikricha, muzning yo‘qolishi tabiiy o‘zgarishlar emas, balki iqlim inqirozi natijasidir.