Uzbekistan Airways aviakompaniyasining A320 samolyoti (illyustrativ foto).
Foto: Shuhrat Latipov / “Gazeta.uz”
Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi
Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.
Кириллчада
17 oktabr 2023, 11:09
Jamiyat
Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga 25 foizli chegirma e’lon qildi.
Chegirma 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) taqdim etiladi.
Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O‘zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviachipta sotib olayotganda pasport yoki ID karta talab etiladi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling