Toshkent shahridagi Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deya xabar qildi “Hududgaz Poytaxt”.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 25-oktabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Mirobod tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Yangi Mirobod” mahallasi;
- “Baynalminal” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 34 ta.
Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:
- A.Qahhor mahallasi;
- “Damariq” mahallasi;
- Bobur mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 58 ta.
Bektemir tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
- “Ustozlar” mahallasi;
- “Zabardast” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 25 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.