Prezidentning tegishli qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga Jamshid Abduxamidovich Karimov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamshid Karimov 2020-yil fevral oyidan beri Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Undan avval esa Karimov Toshkent IIB YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish inspeksiyasi yagona inspeksiyaga — Transport nazorati inspeksiyasiga aylantirilgan.