Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi, deb xabar berdi “O‘zsuvta’minot” korxonasi matbuot xizmati.

16-noyabrdan Samarqand shahrida sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:

  • aholi uchun — 1 kubometr uchun 2500 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 1 kubometr uchun 5700 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri uchun 5700 so‘m.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholi uchun — 1 kubometr uchun 1600 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 1 kub metri uchun 4300 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kub metri uchun 4300 so‘m.

“Tariflarning oshishi xodimlarning ish haqi va soliq to‘lovlari, elektr energiyasi uchun to‘lovlar, kreditlarni qaytarish hamda tizimni ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun mablag‘ga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

“O‘zsuvta’minot” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda Samarqand viloyatida markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi 54,6 foizdan 73,1 foizga, kanalizatsiya xizmatlari bilan qamrov darajasi 9,8 foizdan 18,7 foizga oshgan. Kelgusi besh yilda bu ko‘rsatkichlarni mos ravishda 92,5 va 45,1 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Farg‘onada 15-noyabrdan sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:

  • aholi uchun — 1 kubometr uchun 1900 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 2991 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri uchun 2991 so‘m.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun:

  • aholi uchun — 1 kubometr uchun 450 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 777 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri 777 so‘m.

Korxona bayonotida ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatida uch yil davomida markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi 67,1 foizdan 76,3 foizga, kanalizatsiya xizmatlari qamrovi esa 16,8 foizdan 17,5 foizga oshgan. Kelgusi besh yilda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni 95 foizga, oqova suv bilan ta’minlashni esa 32 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Har ikki hududda qo‘shimcha suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, yangi suv va kanalizatsiya inshootlarini qurish rejalashtirilgan.