O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmanov Londonga yetib keldi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Usmanov 2018-yildan shu vaqtgacha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib faoliyat olib borgan. 45 yoshli elchi Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) bitiruvchisi hisoblanadi.
U tashqi siyosat sohasida 2000-yildan ish boshlagan. Dastlab markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Keyin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. Fransiya, shu bilan birga o‘rindoshlik asosida Italiya va Portugaliyada ham elchi bo‘lgan.
Ravshan Usmanov 2019-yildan buyon O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.