22-noyabr, chorshanba kuni shimoliy-g‘arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab tarqaladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.
Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +20…+23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Ertaga yanada iliqroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +24…+27 daraja iliqqacha ko‘tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
22-noyabr kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 23-noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-noyabrda respublikaning barcha hududi bo‘ylab havo quruq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 22−23-noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘adi.
20−22-noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, 21−23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati 22−24-noyabrda +13…+18 darajagacha, ba’zi joylarda +10…+12 darajagacha pasayadi. 23−24-noyabr kunlari kechasi harorat +3…+6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabrda yana yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi +20…+22 daraja, ertaga 24…+26 daraja iliq bo‘ladi. 22−24-noyabrda havo harorati +13…+18 daraja iliqqacha, 23-noyabrda +11…+13 daraja iliqqacha pasayadi. 21−22-noyabrda harorat kechasi +10…+15 daraja, 23−24-noyabrda +3…+8 daraja iliqqacha pasayadi.