O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Loyihaga ko‘ra, 1 ta yo‘l o‘tkazgich, 3 ta tunnel, 4 ta aylanma yo‘l va qo‘shimcha yo‘llar quriladi. Natijada hozirgi “T” ko‘rinishdagi chorraha orqali to‘xtamasdan harakatlanish mumkin bo‘ladi.

4r12, yo‘l kesishmaси, chorraha

“Bu yo‘l barchamiz uchun yaxshi ma’lum bo‘lgan “T”simon chorrahasidir. Bu [loyiha]ni asosiy ahamiyati chorrahadagi yuklamani yechish, aholini vaqtini tejash. Qurilish tugallangach, Parkent va Bo‘stonliq tumanlariga bo‘lgan yo‘l kamida yarim soatga qisqaradi”, — dedi pudratchi tashkilot direktori Rahimjon Muhamedov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, transport kesishmasida hech qanday chorraha, svetofor va kesishma yo‘llar bo‘lmaydi. “Shu nuqtai nazardan, yo‘lda vaqtdan iqtisod qilinadi. Loyihani boshqarish va texnik nazorat bo‘yicha Turkiyaning Arkon kompaniyasi bilan shartnoma qilingan. Yo‘l Germaniya sifati [asosida quriladi]. Qurilish ishlari transport oqimini to‘xtatmagan holda olib boriladi, faqatgina yo‘lning bir tarafi yopiladi, transport harakati uchun bir qatorni qoldiramiz”, — dedi u.

4r12, yo‘l kesishmaси, chorraha

“O‘zbekiston 24” telekanali xabariga ko‘ra, chorrahalar 4 gektar maydonni egallaydi, yo‘lning umumiy uzunligi 6,5 kilometrni tashkil etadi. Hozirda loyihalash ishlarining birinchi bosqichi yakunlangan, yer osti tunnelini yotqizish uchun poydevor tayyorlangan. Yo‘l va inshootlar to‘liq monolit konstruksiyadan quriladi va 3500 ta qoziq o‘rnatiladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, yo‘lning o‘tkazuvchanligi soatiga (“O‘zbekiston 24” telekanalida “daqiqasiga” deyilgan bo‘lsa-da, aslida “soatiga” bo‘lishi kerak — tahr.) 8 ming avtomobilni, uchta yo‘l o‘tkazgich bilan esa soatiga 24 ming avtomobilni tashkil etishi kutilmoqda. Ma’lum qilinishicha, buning natijasida 1100 soat vaqt va 4100 litr benzin tejaladi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisida uchta tunnel qurish rejalashtirilgan: ikkitasi Toshkent-Bo‘stonliq yo‘nalishi bo‘yicha, bu yerda ishlar allaqachon boshlangan va uni [foydalanishga] topshirish 2024-yilning may oyiga mo‘ljallangan, yana bir tunnel Parkent-Toshkent yo‘nalishida. Ikkinchi bosqich 2024-yilning noyabrida boshlanishi va 2025-yilning mayiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Loyiha aks etgan videoda yo‘l o‘rtasida tramvay borligini ham ko‘rish mumkin.

4r12, yo‘l kesishmaси, chorraha

Turkiyadan kelgan mutaxassisning kaskasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining amaldagi o‘rinbosari Davronjon Odilov avval direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Gold Step Invest kompaniyasi yozuvi bor. U Yangi Toshkent qurilishi direksiyasini ham boshqaradi.

4r12, yo‘l kesishmaси, chorraha

Loyiha fotosuratlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.