O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiya san’ati ustasi Mamasidiq Sherayev 21-noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.
Mamasidiq Sherayev 1946-yil 10-avgust kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib xizmat qilgan.
Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatini boshqargan. U 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahrida musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
So‘z ustasi 2021-yilda Do‘stlik ordeni sohibi bo‘lgan.
Islom Karimov fondi qiziqchining birinchi prezident bilan askiya san’ati haqida gaplashib, bu yo‘nalishni sport sohasi bilan taqqoslagani aks etgan videoni e’lon qilgan.
Mamasidiq Sherayev (minbarda).