ADM Global kompaniyasi va Chery Uzbekistan brendi mamlakatda brendni rivojlantirish strategiyasining muhim bosqichi boshlanganligini e’lon qildi.

Ma’lumki, ADM Global kompaniyasi Chery avtomobillarini keng iste’molchilar davrasi uchun yanada qulayroq qilishga intilmoqda.

Chery International kompaniyasi prezidenti Chjan Guybinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, O‘zbekiston va XXR davlatlari o‘rtasida avtomobilsozlik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik doirasida, ehtiyot qismlar va transport xarajatlarini optimallashtirish orqali avtomobillarning tannarxini arzonlashtirishga erishish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi.

chery uzbekistan, reklama

Qabul qilingan qarorlar tufayli Xitoy uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bozor uchun narx siyosati qayta ko‘rib chiqildi. Natijada, ADM Global va Chery International kompaniyalari o‘rtasida Chery modellarining butun qatori uchun yakuniy narxlarni pasaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu qadam Chery International kompaniyasining ADM Global bilan uzoq muddatli hamkorligini chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir.

chery uzbekistan, reklama

Cheryavtomobillari uchun yangilangan narxlar:

  • Arrizo 6 Pro Comfort:
    • oldingi narx: 279 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 254 900 000 so‘m.
  • Arrizo 6 Pro Intelligent:
    • oldingi narx: 309 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 279 900 000 so‘m;
  • Tiggo 7 Pro Luxury:
    • oldingi narx: 329 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 291 900 000 so‘m;
  • Tiggo 7 Pro Premium:
    • oldingi narx: 369 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 324 900 000 so‘m;
  • Tiggo 8 Pro Luxury:
    • oldingi narx: 439 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 407 900 000 so‘m;
  • Tiggo 8 Pro Max:
    • oldingi narx: 509 900 000 so‘m;
    • yangilangan narx: 470 900 000 so‘m.

chery uzbekistan, reklama

Bugungi kunda O‘zbekistonda rasman 13 ta dilerlik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Chery avtomobillari test-drayviga Telegram-boti yordamida yoki (+998) 55−500−06−55 telefon raqami orqali yozilish mumkin.

Yangiliklarni Chery Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.