21-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shaharning Amirqulmergan mahallasida yashagan 51 yoshli fuqaro va uning 49 yoshli turmush o‘rtog‘i xonadonining yotoqxonasida vafot etgan. Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosasida ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Hozirda marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergovga kadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etgani haqida xabar berilgandi.