Toshkentda 24-noyabr kuni har yili o‘tkaziluvchi Tehnikum Blogger Awards 2023 yirik blogerlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 7Media kompaniyasi tadbirda strategik Digital-hamkor sifatida ishtirok etdi.

Tehnikum Blogger Awards har yili o‘tkaziladigan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, unda Tehnikum maktabi turli nominatsiyalar bo‘yicha ilg‘or blogerlarni aniqlaydi va taqdirlaydi.

7media, reklama

7Media kompaniyasi vakillari Mamed Gasanov, marketing bo‘limi boshlig‘i va Islom Xoliqov, rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i bloger Sitora Musayevani “Eng foydali bloger” nominatsiyasida taqdirlashdi va esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Mazkur nominatsiyaning tanlanganligi sababi shundaki, u 7Media kompaniyasining ijtimoiy mas’uliyat va jamiyatga foyda haqidagi g‘oyalariga hamohangdir.

7Media jamiyatga foydasi teguvchi blogerlar va boshqa sohalar vakillarini qo‘llab-quvvatlab keladi. Kompaniyaning taniqli suratchi Aleksandr Yugay bilan yaqindagi hamkorligi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Aleksandr Yugayning “Yurtimizning qalbi — odamlar” nomli ijtimoiy loyihasi 7Media LED-ekranlarida namoyish etilgan edi.

Telefonlar: (+998) 99−410−77−77, (+998) 33−410−77−77.

Sayt: 7media.uz
Facebook: fb.com/Group7Media
Instagram: @7media.uz
Telegram: t.me/group_7media

Reklama huquqlari asosida.