29-noyabrda shimol-g‘arbiy hududlardan nam havo oqimi kirib kelishi va O‘zbekiston hududining katta qismida tarqalishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

27−28-noyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +20…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. 28-noyabrda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29-noyabr kuni respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq, Respublika shimol hududida kechasi 0…-5 sovuq, kunduzi +5…+10 daraja iliqni tashkil etadi.

30-noyabrda yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘adi, boshqa hududlar uchun yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-dekabrda butun hudud bo‘ylab quruq ob-havo kuzatiladi.

Poytaxtda dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +21…+24 daraja bo‘ladi. 29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +15…+17 daraja iliq bo‘ladi.

30-noyabr va 1-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +2…+7 daraja iliqqacha, kunduzi +10…+15 daraja iliqqacha pasayadi.