Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qanot Sharq mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishida parvoz qilayotgan HH786 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgan. Shu sababli samolyot Aqto‘be viloyati (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘nishga majbur bo‘lan.

Ekipaj bort oldiga tez yordam mashinasining kelishini so‘ragan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqto‘bega qo‘ngan. U yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.