Hind okeanida, feruza rang suvlarning iliq quchog‘ida marvarid yashiringan, u Maldiv orollari nomi bilan mashhurdir. Bu 1000 dan ortiq marjon orollaridan iborat arxipelag bo‘lib, ularning har biri go‘yo rang-barang dengiz orzularini ifodalaganga o‘xshaydi. Bu yerda oppoq qumli plyajlar palma daraxtlarining zumrad barglari bilan birlasharkan, vaqt sekinroq harakat qilayotgandek tuyuladi, bu esa sizga g‘ayrioddiy go‘zallikdan zavqlanish imkonini beradi.

asialuxe travel, реклама

Asialuxe Travel milliy turoperatori orzudagidek jannatmakon Maldiv orollariga sayohat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarning tez-tez beriladigan savollariga javob berdi.

Orollarga qachon borgan ma’qul?

Maldiv orollarida dam olish uchun yaxshi oylar dekabrdan yanvargacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu vaqtda havo iliq, okean tinch, suvlar tiniq bo‘ladi.

Qay tarzda yetib borish mumkin?

Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2-dekabrdan boshlanadi va 2024-yil fevral oyi oxirigacha davom etadi. Parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining qulay avialaynerlarida haftada bir marta, har shanba kuni amalga oshiriladi.

asialuxe travel, реклама

Orolgacha necha soat uchiladi?

Maldiv orollariga parvoz olti soat davom etadi. Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi bortida tovuq yoki mol go‘shtidan tayyorlangan issiq Halol taomlar, gazaklar, shuningdek, turli ichimliklar taqdim etiladi.

Viza masalasi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Maldiv Respublikasiga kirishda hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmaydi. Sayhatchilarga uchib kelishi bilan 30 kungacha sayyohlik vizasi beriladi.

Orollardagi transport: mehmonxonaga qanday yetib olinadi?

Xalqaro reyslar Maldiv orollari poytaxti Male aeroportiga qo‘nadi. Aeroportdan kurortga yoki mehmonxonaga yo‘l va transfer siz tanlagan orolga bog‘liq.

Maldiv orollarida sayyohlarga tanlov uchun ikkita mashhur transport varianti taklif qilinadi:

  • dengiz samolyoti — bu tezkor yo‘ldir, gidroplanda butun boshli orolni yuqoridan, bor go‘zalligi bilan ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi;
  • spidbot — tezkor qayiq, qisqa masofalar uchun ishlatiladi va orolning istalgan burchagiga yetkazadi.

asialuxe travel, реклама

Maldiv orollari: qay birini tanlagan ma’qul?

Maldiv orollarida 1000 dan ortiq orol-attol mavjud bo‘lsada, ulardan faqat 200 tasi o‘zlashtirilgan. Ular orasidan mahalliy aholi yashaydigan mahalliy orollardan birini yoki turistik kurort orolni tanlashingiz mumkin.

asialuxe travel, реклама

Orol tanlashda quyidagilarni bilishingiz kerak bo‘ladi:

  1. Кuрорт orollar — bu “Baunti” reklamasi uslubida dam olish. Barcha sharoitlar sayyohlarning hashamatli dam olishi va qulayligi uchun qilingan: tabiat, plyajlar va okean suvidan tortib, benuqson xizmat ko‘rsatishgacha. Kuramati, Velassaru, Kuda Huraa, Giravaru va boshqa orollarda to‘xtalsa bo‘ladi.
  2. Male shahridagi orollar. Bu orollarda mahalliy aholi ham yashaydi, shunga ko‘ra mehmonxonalar va Guest House dam olish va turar joylari ancha arzonroq. Maafushi, Thoddou, Dhigurah orollarida to‘xtash mumkin.

Maldiv orollarida hamyonbop narxlarda dam olish mumkinmi?

Maldiv orollari aholisi yashaydigan Male shahridagi mehmonxona yoki Guest House`larda hamyonbop narxlarda sayohatlar tashkil qilish imkoniyati bor.

Bunday mehmonxonalarning narxi bor-yo‘g‘i 16 mln so‘mdan boshlanadi va narx ushbu turdagi ta’tillar uchun hamyonbop hisoblanadi.

Guest House variantlari:

  • Ocean Retreat & Spa — 16,7 mln so‘mdan;
  • Kaani Beach Hotel — 19,2 mln so‘mdan;
  • The Crown Beach Hotel — 19,9 mln so‘mdan;
  • Kaani Palm Beach — 20,4 mln so‘mdan.

asialuxe travel, реклама

All Inclusive tariflari

Maldiv orollaridagi All Inclusive tariflari asosidagi mehmonxonalar — qo‘shimcha xarajatlar haqida qayg‘urmasdan, beg‘am dam olishni xohlaydiganlar uchun optimal variantdir. Bu mehmonxonalar nafaqat hashamatli xonalar va ajoyib okean manzarasiga ega bungalovlarni, balki turli xil lazzatbaxsh oshxona taomlarini taklif etuvchi restoranlar, ekskursiyalar, ko‘ngilochar dasturlar va hatto suv sportlarini o‘z ichiga olgan to‘liq to‘plamni taklif etadi — barchasi bitta narx ichida.

Telefonlar: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Telegram-kanaldagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqlari asosida.