Armanistonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston sportchilari 11 ta medal — 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Turnirning jamoaviy bahslarida rossiyalik bokschilar birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Armaniston terma jamoasi egalladi.
Oltin medal:
- -57 kg: Sevara Mamatova;
- +80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova;
- -60 kg: Feruzjon Sa’dullayev;
- +80 kg: Islom Salihov.
Kumush medal:
- -46 kg: Maftuna Musurmonova;
- -75 kg: Maftuna Yangiyeva;
- -63 kg: Hikmatillo O‘lmasov.
Bronza medal:
- -46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
- -66 kg: Akbar Ahmadov;
- -50 kg: Husan Qahhorov;
- -70 kg: Norbek Abdullayev.