O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga zarar yetkazganlik uchun jarima miqdori 5 barobarga, hayvonlarga zarar keltirganlik uchun jarima miqdori esa 10 barobarga oshirildi. Bu Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 2014-yil 20-oktabrdagi [290-sonli] qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga yetkazilgan zarar uchun belgilangan jarima miqdori 5 barobarga oshirildi. Bunda zarar miqdori quyidagi koeffitsiyentlarda hisoblanadi (bitta o‘simlik uchun):

  • yo‘qolib ketayotgan turlar — BHMning 10 barobari (3,4 mln so‘m);
  • kamyob turlar — BHMning 4 barobari (1,36 mln so‘m);
  • kamayib borayotgan turlar — BHMning 2,5 barobari — (850 ming so‘m).

Shuningdek, hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi. Endi bitta qoplonni yo‘q qilganlik uchun O‘zbekiston fuqarosidan BHMning 3000 barobari (1 milliard 20 million so‘m), xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 400 ming dollar undiriladi.

жаррималар, қизил китобжаррималар, қизил китобжаррималар, қизил китобжаррималар, қизил китоб

Mazkur qaror qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 11-dekabrdan kuchga kirgan.