Toshkent shahri IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismida (Juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, tergovdan qochgan to‘rt nafar shaxs qidiruvga berildi. Ularning ismlari:
Doniyor Dilmurodjon o‘g‘li Mamajonov (1994 y.t.);
Abdulla Abduraxmanovich Muxamedov (1985);
Jamshid Abdulazizovich Soliyev (1992);
Xusan Xashimovich Isamitdinov (1964).
Mazkur shaxslarga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Fuqarolardan ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa yoki uning xatti-harakatidan jabr ko‘rgan bo‘lsa, 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlari yoxud 99−370−73−94 Telegram raqami orqali IIBBga murojaat qilish so‘raldi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi