Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Dehqon bozorlari 2024-yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi. Tashkil qilingan bozorlar ro‘yxati:
- Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
- Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
- Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ;
- Olmazor tumani — “Qoraqamish dehqon bozori” AJ;
- Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ;
- Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
- Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
- Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
- Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ;
- Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”AJ;
- “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ;
Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura yarmarkalarda narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qilishi bildirilgandi.