Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar orasidagi bir qancha manfaatlar to‘qnashuvi, xususan, ularning tadbirkorlik subyektlarini boshqarishdagi ishtiroki holatlari bartaraf etilgani haqida xabar berdi.
Agentlik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagi mansabdor shaxslarning xususiy kompaniyalarda ta’sischi va rahbar sifatidagi ishtiroki to‘xtatildi:
- Umid Mamadaminov, energetika vaziri o‘rinbosari;
- Anvar Sayfutdinov, Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi;
- Sanobarxon Nosirova, Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi;
- Sherali Abdujabborov, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi rahbari;
- Abdushukur Sodiqov, Milliy antidoping agentligi rahbari;
- Dilshod Sarixo‘jayev, Markaziy bank Axborotlashuv bosh markazi rahbari;
- Dilfuza Samandarova, Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi direktori;
- Abdulla Azizov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori.
Xabarda aytilishicha, o‘rganishlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, shuningdek, ochiq ma’lumotlarga asoslangan.