Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi
Azon Global portali o‘z asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.
Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori bo‘ldi
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023-yil kuzida qayta tashkil etilgan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlandi.
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi
O‘zbekistonda mart oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Bu tadbirkorlarga yiliga qariyb 350 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Taqqoslash: O‘zbekistonda va dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi
GlobalPetrolPrices portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ai-95 benzini arzonligi bo‘yicha 51-o‘rinda turadi. Shu bilan birga, mamlakatda ushbu markadagi yonilg‘i Turkmaniston va Qozog‘istonnikidan mos ravishda 2,6 va 2,1 baravar qimmatroq. Mamlakatda bu benzin narxi AQSh va Afg‘onistondagi narxdan ham yuqori.
Prezident qonunlar “qog‘ozda emas, amalda” bajarilishi muhimligini ta’kidladi
“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
Mahallalar uyushmasi Bandlik vazirligi va “Mahalla” fondi shtatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etilmoqda
Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 982 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 662 ta va “Mahalla” xayriya jamoat fondining 320 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik
Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad deportatsiya markaziga joylashtirilgan, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi. Unga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi
Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
Toshkentdagi “Arzon Dorixona"ga tegishli litsenziya bekor qilindi
Toshkentdagi “Arzon Dorixona"ga berilgan litsenziya bekor qilindi. Tekshiruvda unga tegishli dorixonada 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.
Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi bedarak yo‘qolgan. 28 ming mahalliy aholi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.
Janubiy Koreya parlamenti itlarni yeyish uchun ko‘paytirish va so‘yishni taqiqladi
Janubiy Koreya parlamenti oziq-ovqat iste’moli uchun itlarni ko‘paytirish va so‘yishni taqiqlovchi hujjatni ma’qulladi. Qoidabuzarlarga nisbatan qamoq va jarima jazosi bor. Taqiqning kiritilishi mamlakat prezidentining saylovoldi va’dalaridan biri sanaladi.
Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi
Sudyalar oliy kengashining 2024-yildagi birinchi yig‘ilishida 31 nafar sudya lavozimga tayinlandi.
Alisher Shadmanovning betobligi sababli SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimi Davron Sultonovga yuklatildi
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Shadmanov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqdi. Uning vazifasini vaqtinchalik Prezident administratsiyasi vakili Davron Sultanov bajaradi.
Dilshod Axmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
“O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Axmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:
O‘xshamagan Turkiston konfederatsiyasi va Yelsin bilan basseyndagi musobaqa. Nazarboyev o‘z kitobida O‘zbekiston va Karimov haqida nimalar yozgan?
Qozog‘istonda 2023-yil dekabrida mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning memuarlar kitobi nashrdan chiqdi. “Gazeta.uz” ma’lum ma’noda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kitobning O‘zbekiston, jumladan, birinchi prezident Islom Karimovga shaxsiga aloqador parchalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.