O‘zgidromet agentligi 11−16-yanvar kunlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Unga ko‘ra, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlari, jumladan:
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 11-yanvarda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir, shimolda esa qor yog‘ishi kutilmoqda