O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezildi
Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.
11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda
Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.
Jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi
Jurnalist, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi. Yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini aytmoqda. U 2014-yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.
“Kapital sug‘urta” jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
“Kapital sug‘urta” qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagani sabab 162 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Keshbek bo‘yicha cheklov fuqarolarning 98 foiziga ta’sir o‘tkazmaydi — Soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, keshbek limiti xaridlarni amalga oshiruvchi fuqarolarning 98 foiziga ta’sir qilmaydi. Qo‘mita cheklovlar ba’zi odamlar boshqa odamlarning cheklarini va bu orqali keshbeklarini o‘zlashtirayotgani sabab joriy etilganini tasdiqladi.
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.
Ombudsman Navoiydagi koloniyada Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi
Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani aytilmoqda
Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi bilan birga yetti kishi halok bo‘ldi.
Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi
Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
Senat IIO xodimlari tasvirlarini internetda tarqatish bo‘yicha yangi normaga izoh berdi
Senat IIO xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi normaga izoh berib, bunday harakatlarni taqiqlash va jazolash Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlar qonunchiligida mavjudligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.
Prezident Toshkent viloyatidagi mudofaa sanoati klasteri faoliyati bilan tanishdi
Toshkent viloyatida Mudofaa sanoati agentligining ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Uning bir-biriga bog‘langan ustaxonalari harbiy texnika, radiolokatsiya qurilmalari, o‘qotar va artilleriya qurollarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. obyektga prezident tashrif buyurdi.
Telegram`da ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi
Sud Telegram`dagi pulli kanallarda ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarni 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Sud ishi bo‘yicha 62 kishi, jumladan, 55 nafar ayol jabrlanuvchi va da’vogar bo‘lgan.
Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV
Prezident Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadini, shuningdek, jabrlangan ikki nafar fuqaroni Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.