11-yanvar kuni kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Soat 14:20 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 180 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 517 km janubiy-sharqda.
Sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 2−3 ball, 279 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km.
- Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km.
- Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km.
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 492 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 516 km.
- Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.
Eslatib o‘tmiz, oxirgi marta 5-yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etgan. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.