2023−2024-yilgi qish mavsumi hozircha unchalik ham qishga o‘xshamayapti. Masalan, Toshkentda 2024-yil hisobidan qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi birinchi marta yanvar oyining qoq o‘rtasida kuzatildi. Tongda uchqunlay boshlagan qor peshinda jadallashib, odam qadami va avtomobillar shinalaridan xoli joylar ustiga oq choyshab tashladi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari esa vaziyatni qo‘ldan boy bermay, poytaxt ko‘chalaridan fotoreportaj tayyorladi.