“Jurnalistlarni urishgani chaqirdinglarmi?” — Senat qo‘mitasi IIO xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini qanday oqlab berdi?
Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan IIO xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Batafsil.
Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi
Dam olish kunlari O‘zbekistonning faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqtincha yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +3…+8 darajagacha, yakshanbada esa +10 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Singapurda 40 yil ichida birinchi marta vazir korrupsiyada ayblandi
Singapur transport vaziri korrupsiyada ayblandi. Prokuratura u milliarderdan biznes-klassdagi reyslar, Angliya Premer-ligasi o‘yinlari va myuzikllarga chiptalar ko‘rinishida sovg‘alar olganini ta’kidlamoqda. Bu so‘nggi 40 yil ichida mamlakatdagi vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsion ish hisoblanadi.
AQSh elchixonasining o‘zini o‘zi himoyalash kurslarini yana 60 dan ziyod xotin-qiz tamomladi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan o‘zini o‘zi himoya qilish mashg‘ulotlari (Self Defense Camp)ni yana 60 dan ortiq ishtirokchi tamomladi. “Hukumat bu loyihani maktab yo boshqa ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yishni ma’qul topsa, hamkorlikka tayyormiz”, — dedi AQSh elchisi.
Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova Oliy suddagi lavozimidan ozod etildi
Senatorlar Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etishni ma’qulladi. Manbaga ko‘ra, u 2023-yilda prezidentlikka o‘zining nomzodi ko‘rsatilgan “Adolat” partiyasini boshqarishi mumkin.
“Ijobiydan ko‘ra salbiy tarafi ko‘p”. Urbanistlar — Toshkent ko‘chalarida haydovchilar uchun ma’lumotlar tablosi o‘rnatish haqida
Toshkent hokimligi haydovchilar uchun Bobur va Rustaveli ko‘chasida yo‘llardagi holat va boshqa mazmundagi ma’lumotlar aks ettiradigan ekran o‘rnatdi. “Gazeta.uz” urbanistlardan shahar ko‘chalarida bunday tablolar o‘rnatish maqsadga muvofiq yoki yo‘qligini so‘radi. Mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Paxtakor” futbol klubini sotish vaqtincha to‘xtatildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.
Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqmadi, biroq bu uchun vaqt oz qoldi
Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.
“Yuksalish” havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash choralarini taklif qildi
“Yuksalish” harakati ekologlar, tadqiqotchilar va faollar o‘rtasida O‘zbekiston havosining ifloslanishi muammosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, 10 ta birlamchi chora-tadbirni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev 23−25-yanvar kunlari Xitoyda bo‘ladi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23−25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. U yerda oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ladi.
Senatorlar dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni ma’qulladi
Senatorlar drondan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi. Apparatni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi ham mumkin. Hozirda dronlarni noqonuniy olib kirish, sotish, olish, saqlash va foydalanish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlarda ekoturizm obyektlari tashkil etiladi
Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Inspektor-psixologlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berilmoqda
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berilishi haqidagi qonun Senatda ma’qullandi.
O‘zbekiston va YeI sheriklik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolashdan manfaatdor ekanini bildirdi
Bryusselda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Yevrokomissiya vakili Jivka Petkova bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolanishidan manfaatdor ekanini bildirdi.
Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi
Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-yanvar)
Yettita kinopremyera, “Sharqona bozor” va “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, Rayhon konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunidagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
2023-yilda tez yordam xizmatiga 13,5 mln marta chaqiriq tushdi — SSV
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.
Ekopartiya daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi
Ekologik partiya a’zolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. 2022−2023-yillarda boshqarma 600 dan ortiq daraxt kesishga ruxsat bergan.
2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.
Senat milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
Senatorlar O‘zbekistondagi bir qancha qonunlarni Jahon savdo tashkilotining “Intellektual mulk huquqlarining savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Bitim” talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.
Chet elda ishlab chiqarilgan pivo va vino reklamasiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan pivo hamda tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinishi mumkin. Senat “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni Jahon savdo tashkilotining bitimlariga moslash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrikaga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi
Qozog‘iston BMTning Yaqin Sharq va Afrikadagi missiyalarida ishtirok etish uchun tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Ilk 139 nafar harbiy xizmatchi Golan tepaliklariga jo‘natiladi. Toqayev bu “geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda” mamlakat qurolli kuchlariga jangovar mahoratini oshirish imkonini berishini aytdi.
FT: Ukraina urushda yangi — “faol mudofaa” strategiyasiga o‘tmoqda
Ukraina Rossiya bilan urushdagi strategiyasini o‘zgartirib, 2024-yilda “faol mudofaa"ga o‘tmoqda, deb yozdi FT. Bu mudofaa chizig‘ini ushlab turish va bir vaqtning o‘zida dushmanning zaif tomonlarini qidirishni o‘z ichiga oladi.