“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida
Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.
O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarini barcha sharoitda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqda — prezident
Shenchjen shahridagi Investitsiya forumida Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi sifatida xomashyoni chuqur qayta ishlash, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalari joriy etish va yerlarni qayta tiklash bo‘yicha loyihalarga mablag‘ jalb etishni sanab o‘tdi.
Belgorodda asirlarni olib ketayotgan Il-76 harbiy samolyoti qulab tushdi. Asosiy ma’lumotlar
Belgorod viloyatida Rossiyaning Il-76 harbiy samolyoti qulab tushdi. Uning bortidagi 74 kishi, xususan, almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgani aytilmoqda. Rossiya holatni terakt deb atadi va bunda Ukrainani ayblamoqda. Zelenskiy esa xalqaro tergov o‘tkazishni talab qildi.
Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin — foto
Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu borada “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida shartnoma imzolandi. Loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuborilishi aytilmoqda.
“Ezgulik” jamiyati raisi Navoiyda Dauletmurat Tojimuratov bilan uchrashdi
O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Mahkum xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, o‘zining xatlari tashqariga chiqishi qiyin bo‘layotganidan shikoyat qildi.
Reuters: Isroil va HAMAS 30 kunlik sulh bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi
Isroil va HAMAS garovga olingan isroilliklar va falastinlik asirlarni ozod qilish evaziga G‘azoda bir oy davomida o‘t ochishni to‘xtatishga prinsipial jihatdan kelishib oldi. Bitimga tomonlar o‘rtasidagi urushni qanday tugatish bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘sqinlik qilmoqda, deb yozdi Reuters.
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Guandun muzofotiga bordi
Prezident Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri va Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy zona hisoblangan Shenchjenga bordi. Muzofot partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni, birinchi navbatda, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi
Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.
Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari endi elektron yuritiladi
O‘zbekistonda endi yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi. Elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Shuningdek, tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi.
Saudiya Arabistonida ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi
Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. O‘zbekistonda 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8−9 foiz, YAIMning real o‘sishi 5,5−6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ekologlar Toshkent atrofidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda
Ekologiya vazirligi Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjudligini tekshirmoqda. Poytaxt atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan foydalanayotgani haqida avval xabar bergandik.
Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Afrika dunyoning terrorizm markaziga aylanib qoldi — BMT rahbari
Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.
Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi
Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli"dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.