G‘elonliklar qishni qanday o‘tkazadi? Qishloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi
Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.
YIB O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga transportni rivojlantirish uchun deyarli 1,5 mlrd yevro ajratadi
Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi transport loyihalarini 1,5 mlrd yevroga moliyalashtiradi.
Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston Tailandni yengib, chorak finalga chiqdi
Osiyo kubogining nimchorak final bahslarida O‘zbekiston futbolchilari Tailandni yengib, ¼ final bosqichiga yo‘l oldi (video, foto). Ular chorak finalda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqasiga 10 mlrd yevro sarmoya kiritiladi
Yevropa va xalqaro moliya institutlari Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi barqaror transport aloqalari uchun 10 mlrd yevro ajratadi. Investitsiyalar Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishga yo‘naltiriladi, shunda yuklar u orqali 15 kun ichida o‘tishiga erishiladi.
Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2021-yildan beri egallab kelgan lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U hukmron partiyani 2024-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorlash uchun boshqaradi.
Yevrokengash rahbari Sharl Mishel iste’foga chiqish fikridan qaytdi
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi, u o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mishel lavozimidan ertaroq ketish haqidagi qaroriga bo‘lgan “keskin munosabat” sababli rejalarini qayta ko‘rib chiqqan.
Qashqadaryoda tovlamachilikda ayblangan bloger 5 yilga qamaldi
Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.
“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi
Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.
JICA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratadi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasi uchun 200 mln dollar ajratadi. Uning 40 mln dollari terini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida beriladi.
“Toshkentda yangi kvartiralar narxi kv. m uchun 25 mln so‘mga yetyapti”. Prezident — quruvchilar uchun qimmat kreditlar haqida
Toshkentda yangi kvartiralar narxi 1 kv. metrga 25 mln so‘mga yetdi va kadastri yo‘q uyga ipoteka berilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va aholining uy-joy qurilishida ulushdor sifatida ishtirokini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari “Mening uyim” tizimi orqali ijaraga beriladi
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini ijaraga berish masalasi muhokama qilindi. Unda 2000 ta yerto‘la foydalanilmay bo‘sh yotgani, ularni ijaraga berish mahallalarda ish o‘rinlarini yaratib, daromad keltirishi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish 6,9 foizni tashkil etdi — hisobot
Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.
Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.
O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi
O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 180 mamlakat ichida 121-o‘rinni egalladi. Yil davomida mamlakat besh pog‘onaga ko‘tarildi. Tashkilot ekspertlari korrupsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun “keng qamrovli islohotlar” zarurligini ta’kidladi.
“Dunyo” axborot agentligiga rahbar tayinlandi
Omonulla Fayziyev Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi.
O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.
Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.
“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.