14-fevral kuni soat 10:50 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanida elektrobus Cobalt bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, “2-avtobus saroyi”ga biriktirilgan Yutong rusumli 89-sonli elektrobus tumanning Amir Temur shohko‘chasida o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Shu paytda Cobalt uning o‘ng yon tomonidan harakatlanib kelib, teggan va yengil yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Elektrobusga hech qanday shikast yetmagan, deyiladi xabarda.

Kompaniya hozirda ushbu elektrobus yo‘nalishda texnik soz holatda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.