Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi tomonidan 2024-yil 15-fevralda Jizzax viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2024-yilning 1-mart sanasidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan):
Ichimlik suvi:
- Aholi uchun (1 m3) — 4000 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun (1 m3) — 6000 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun (1 m3) — 6000 so‘m.
Oqova suv xizmati:
- Aholi uchun (1 m3) — 1700 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun (1 m3) — 2500 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun (1 m3) — 2500 so‘m.
Shuningdek, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qarori bilan chiqindini olib chiqib ketish xizmatlari narxi esa quyidagicha oshirilmoqda:
- Aholiga bir oy uchun bir odam boshiga — 6000 so‘m;
- xo‘jalik subyektlariga (1 m3) — 60 000 so‘m;
- xo‘jalik subyektlariga (1 tonna uchun) — 135 420 so‘m;
- Chiqindi poligoniga chiqindi joylashtirish — 11 865 so‘m.