Bir oyning o‘zida ham ko‘klam, ham qahraton. Chuvilloq qishlog‘idan Xolida Musulmon fotohikoyasi
O‘zbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlog‘ida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlog‘ida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.
Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar
2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.
Humo Air 10-martdan mahalliy reyslarni vaqtincha to‘xtatadi
Humo Air aviakompaniyasi 10-martdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab ichki reyslarni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi. Loukoster tez orada xalqaro yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
Prezident 2024-yilga mo‘ljallangan muqobil energiya bo‘yicha rejalardan norozi bo‘ldi
Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot yo‘li”. Prezident Amudaryo tumanida yangi ko‘prikni ochib berdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.
O‘zbekistonda qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan
O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.
Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova haykali quriladi, bu reja 2 yil oldin kechiktirilgandi
Toshkent viloyati hokimi Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova majmuasi qurilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. Qarorni izohlagan hokimlik vakili bunday ishlar dunyo tajribasida borligini ta’kidladi. Zoyir Mirzayevning o‘zi 2021-yilda sobiq hokimning shu mazmundagi qarorini bekor qilgandi.
AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi
Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.
Toshkent va Mumbay o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.
Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.
O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Esto niyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunladi. U mazkur davlatlarda 2019−2024-yillar davomida faoliyat yuritdi.
O‘zbekistonda odam va hayvonlarga oid kasalliklarga qarshi kurashish uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi
USAID, FAO va Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda transchegaraviy hayvonlar kasalliklari, jumladan, zoonotik kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyiha boshladi. Bunda “Yagona salomatlik” yondashuvi COVID-19 pandemiyasi kabi ehtimoliy inqirozlarga tayyorgarlikni oshiradi.
Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi
7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi.
Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.
Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda
2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.