Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22, 23, 24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilindi.
Teatrga kirish barcha uchun bepul bo‘ladi.
Ochiq eshiklar kuni dasturidan quyidagilar o‘rin olgan:
- 22-mart — “Uch tenor” italyan musiqasi kechasi;
- 23-mart — Juzeppe Verdining “Aida” operasi;
- 24-mart — Rustam Abdullayevning “Sadoqat” operasi.
Spektakllar 18:00 da boshlanadi. Tomoshabinlar teatrga navbat bilan kiritiladi.