Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “a'lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun” bir qator xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Qaror bilan quyidagilar mukofotlandi:
- Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi;
- Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
- Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi;
- Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;
- Pulatova Mohichexra Temirovna — Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
- To‘xtamishova Gulnora Mels qizi — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi;
- Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati);
- Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
- Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
- Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti;
- Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati);
- Omonboyeva Meruyert Erkin qizi — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Qosimqaji-Meruyert” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
- Xakimova Dilshoda Oybek qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
- Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
- Savadyan Vilana Arsenovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi — Samarqand viloyati Tayloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri;
- Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
- Irisqulova Kamola Normat qizi — Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati);
- Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati);
- Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna — Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
- Tursunboyeva Fotima Botir qizi — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati);
- Xaqnazarova Umida Ural qizi — Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti;
- Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi — Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi;
- Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi — Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi;
- Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Sapayeva Risolat Rustam qizi — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi;
- Tosheva Marjana Rustam qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi;
- Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi.